Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Britaniyaning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari ro‘yxatiga 18 ta neft tankeri va suyultirilgan gazni tashish uchun mo‘ljallangan 4 ta tanker kiritildi. Bundan tashqari, Britaniya hukumati xabar qilishicha, Rossiyaning “Rusgazdobicha” kompaniyasiga ham sanksiyalar joriy qilingan.

"Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya neft tankerlarining umumiy soni 43 taga yetdi", deb yozmoqda Reuters.

Buyuk Britaniya hukumati xabarida aytilishicha, mamlakat bu sanksiyalari orqali Putinning “urush mashinasini muhim daromaddan mahrum qilmoqda”. "Britaniya hukumati sanksiyalariga kiritilgan ushbu neft tankerlari o‘tgan yili taxminan 6,37 milliard dollarlik neft va gaz tashigan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:01 17.10.2024. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!