Buyuk Britaniya Rossiya Federal xavfsizlik hizmati (FSB)ni xakerlik hujumlarida aybladi.
London Rossiya FSB bilan aloqador bo‘lgan Callisto xakerlar guruhining ikki a’zosiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Ularning ismlari Andrey Korins va Ruslan Peretyatko, deya xabar beradi Britaniya Moliya vazirligi.
Britaniya Rossiya razvedka xizmatlari britaniyalik yuqori martabali siyosatchilar, shuningdek, jurnalistlar va olimlarga xakerlik hujumlarini amalga oshirishga uringanini e’lon qildi. Rossiya Federasiyasi olingan ma’lumotlardan "Britaniya siyosati va demokratik jarayonlarga aralashish uchun" foydalanmoqchi edi, deya hisoblamoqda rasmiy London.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Rossiyaning Britaniya siyosatiga aralashishga urinishlarini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmas” deb atadi. Rossiya elchisi Andrey Kelin holat yuzasidan Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.