Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda

Buyuk Britaniya Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmoqda

Buyuk Britaniya qo‘shinlari Ukrainadagi urush hududini modellashtiruvchi maxsus o‘quv poligonida Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya armiyasining eng yirik piyoda polki askarlari mamlakatdagi mojaro hududini aks ettiruvchi yagona o‘quv maydonida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Mashqlar Kopexill Daunda joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli noyob poligonda bo‘lib o‘tgan. U yerda pastqavat binolar, yongan texnika va vayron etilgan shahar muhiti yaratilgan. Askarlarga uchta binoda yashiringan “dushman kuchlari”ni yo‘q qilish vazifasi yuklatilgan.

Kiritildi: 21:22 10.02.2026. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!