Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiya armiyasiga migrantlarni yollashga aloqador shaxs va tashkilotlarga sanksiyalar kiritdi

Buyuk Britaniya Rossiya armiyasiga migrantlarni yollashga aloqador shaxs va tashkilotlarga sanksiyalar kiritdi

Qirollik Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, London Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirib, “qora ro‘yxat”ga 10 nafar jismoniy shaxs va 8 ta kompaniyani kiritgan.

Qayd etilishicha, ro‘yxatga Kamerun, Xitoy va Tailandda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham kiritilgan. Bundan tashqari, yana 17 ta kompaniya va jismoniy shaxslarga nisbatan ham cheklovlar joriy etilgan.

Sanksiyalar doirasida Buyuk Britaniya banklarida ushbu kompaniyalarga tegishli hisoblar aniqlansa, ular muzlatib qo‘yiladi. Shuningdek, ro‘yxatga kiritilgan jismoniy shaxslarga mamlakat hududiga kirish taqiqlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!