Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III AQShga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III AQShga tashrif buyurdi

Bu haqda Fox News xabar bredi.

Monarx va uning rafiqasi bo‘lgan samolyot Merilend shtatidagi Endryu qo‘shma bazasiga qo‘ndi. Uchish maydonida ularni AQSh protokol xizmati rahbari Monika Krouli va Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi Kristian Terner kutib oldi.

Bu Britaniya monarxining Qo‘shma Shtatlarga 2007 yildan buyon ilk marta borishi.

Qirol Charlz III ning tashrif dasturidan prezident Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish va Kongressda nutq so‘zlash o‘rin olgan. Bunga qadar Buyuk Britaniya monarxi amerikalik qonunchilarga faqat bir marta murojaat qilgan, buni 1991 yilda qirolicha Yelizaveta II amalga oshirgan.

Britaniya monarxi va uning rafiqasi AQShning Britaniya hukmronligidan mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan to‘rt kunlik davlat tashrifi bilan Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib turibdi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!