Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya qamoqxonalarida bo‘sh joylar kam qolgani ma’lum qilindi

Buyuk Britaniya qamoqxonalarida bo‘sh joylar kam qolgani ma’lum qilindi

Buyuk Britaniya qamoqxonalarida atigi 800 ta joy qolgani bois yaqin haftalarda mahbuslar jazoni vaqtincha saqlash izolyatorlarida o‘tashga majbur bo‘ladi. Jazoni ijro etish xizmati va Milliy polisiya boshliqlari kengashi o‘rtasida bu borada kelishuvga erishilgan, deb xabar bermoqda Sky News.

Hozirda Britaniya qamoqxonalarida 87 ming 556 nafar mahbus saqlanmoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bo‘sh turgan joylar tezda to‘ladi, shu bois bir necha haftaga bo‘lsa ham vaqtincha saqlash izolyatorlari kabi tegishli tartibda jihozlangan muassasalar talab etiladi.

«Himoya» operasiyasi nomli kelishuv idoralar o‘rtasida 2006 yilda qamoqxonalarning to‘lib ketish muammosini favqulodda hal etish maqsadida imzolangan. Oxirgi marta undan 2024 yil may oyida foydalanilgan edi. O‘tgan yilning sentyabrida Britaniya hukumati zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan va jazo muddatining 40 foizini o‘tab bo‘lgan mahbuslar sonini keskin qisqartirishni boshlagan. Ammo ushbu chora kutilganidek natija bermadi.

Hukumat 2031 yilga qadar 14 ming mahbus uchun yangi qamoqxonalar qurishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 19:25 18.03.2025. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!