Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mingan poyezd Kiyevdagi havo hujumi sabab shoshilinch ravishda to‘xtatildi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
Jon Hili sodir bo‘lgan voqeani “jiddiy holat” deya baholab, buni Ukraina hududi doimiy ravishda o‘qqa tutilayotganining “yorqin namunasi” ekanini ta’kidladi.
"Bu qattiq sovuq sharoitida ukrainaliklar ustiga dronlar va raketalar qanday yog‘ilayotganini ko‘rsatdi", — deya qo‘shimcha qildi Britaniya Mudofaa vaziri.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha hujum oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan.