Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya migrasiya qoidalarni kuchaytirmoqchi

Buyuk Britaniya migrasiya qoidalarni kuchaytirmoqchi

BBC: Buyuk Britaniya migrasiya qoidalarni kuchaytirmoqchi, endi mamlakatga noqonuniy kelganlar doimiy yashash uchun ariza berishni 20 yil kutishadi

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud dushanba kuni mamlakatning migrasiya siyosatiga oid yangi rejalarni e’lon qilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda nashr.

Ushbu rejaga ko‘ra, Buyuk Britaniyaga noqonuniy ravishda kelgan boshpana izlovchilar, shuningdek, viza muddati tugaganidan keyin boshpana so‘rab murojaat qilganlar 20 yil kutishlari zarur. Mamlakatga qonuniy yo‘l bilan kelganlar esa buning uchun 10 yil kutishlari kerak bo‘ladi.

"Hozirda qochqin maqomi besh yil davomida amal qiladi, shundan so‘ng odamlar doimiy yashash uchun ariza berishlari mumkin. London bu muddatni ikki yarim yilgacha qisqartirishni, shundan so‘ng qochqin maqomi muntazam ravishda ko‘rib chiqilishini istaydi. Agar bunday shaxslarning kelib chiqish mamlakati “xavfsiz” deb topilsa, qochqinlar o‘z yurtiga deport qilinadi", deyiladi BBC xabarida.

Kiritildi: 18:53 16.11.2025. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!