Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya ko‘mir energiyasidan butunlay voz kechdi

A A A
Buyuk Britaniya ko‘mir energiyasidan butunlay voz kechdi

Mamlakatning eng so‘nggi 2 GVT quvvatga ega ko‘mir bilan ishlaydigan Ratcliffe-on-Soar elektr stansiyasi yopildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi

Gap shundaki, 2015 yilda Buyuk Britaniya 10 yil ichida barcha ko‘mir elektr stansiyalarini yopish rejasini maqsad qilib qo‘ygan. Bunga sabab ushbu yoqilg‘ining mamlakat iqlim o‘zgarishiga qo‘shayotgan ulushini kamaytirishdan iborat. Ayniqsa, ko‘mirning issiqxonalarda yoqilganda chiqadigan gazlari eng iflos yoqilg‘i hisoblanadi.

Buyuk Britaniyada ko‘mir bilan ishlaydigan stansiyalar ilk ishga tushirilgandan 142 yil o‘tib butunlay yopildi. Ularning so‘ngisi Ratcliffe-on-Soar 1967 yildan beri ishlagandan so‘ng dushanba kuni o‘z faoliyatini yakunladi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:25 01.10.2024. O'qildi: 1338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!