Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya ham Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shmoqchi

Buyuk Britaniya ham Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shmoqchi

Buyuk Britaniya hukumati Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK, qurolli kuchlarning elit bo‘linmasi) taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shish uchun qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Bu haqda The Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta xabariga ko‘ra, qonun loyihasi 2026 yilda parlamentga taqdim etiladi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va MI-6 IIQKni qora ro‘yxatga kiritishni qo‘llab-quvvatlamasligi ta’kidlanmoqda. Ular bunday harakat London va Tehron o‘rtasidagi "diplomatik kanallarni yo‘q qilishi" va Britaniya diplomatlarining Erondan chiqarib yuborilishiga olib kelishidan qo‘rqishadi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Kaya Kallas X ijtimoiy tarmoq platformasida Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari "IIQKni terrorchi tashkilot deb belgilash orqali qat’iy qadam qo‘yganliklarini" yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!