Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida qachon tan oladi?

 Buyuk Britaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida qachon tan oladi?

Buyuk Britaniya Trampning qirollikka tashrifi tugagandan keyin Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi — The Times.

Gazeta manbasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vaziri Falastinni tan olish masalasini AQSh prezidenti ketguniga qadar ortga surishga qaror qilgan, chunki Starmer bu mavzu 18 sentyabrga rejalashtirilgan Tramp bilan qo‘shma matbuot anjumanida asosiy masalaga aylanishidan xavotirlangan.

"AQSh ma’muriyati Falastinni rasman tan olishga qat’iy qarshi. Bu masala London va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin", deya yozmoqda Reuters.

Agentlikning xabar berishicha, Buyuk Britaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish to‘grisidagi qarorni BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan sessiyasi boshlanishidan oldin e’lon qilishi kutilmoqda. Xuddi shu yig‘ilishda Fransiya, Kanada va Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!