Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya bosh vaziri iste’foga chiqishni rad etdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri iste’foga chiqishni rad etdi

Kir Starmer garchi Parlamentning Vakillar palatasi a’zolari tomonidan lavozimni tark etishga chaqiriqlar bo‘lsa ham, yaqin kelajakda hukumatni boshqarishni davom etishini aytdi.

Buyuk Britaniyada mahalliy kengashlarga saylovlar davomida Starmerning Leyboristlar partiyasi mag‘lubiyatga uchradi va mahalliy kengashlarda jami 1500 ga yaqin o‘rinni boy berdi. Saylovlarda o‘ng qanot Reform UK partiyasi yetakchilik qildi.

"Parlament a’zolari mahalliy saylovlardagi yirik mag‘lubiyatlardan so‘ng Starmerni lavozimidan chetlatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu saylovlarda hukmron partiya o‘zining har beshta o‘rnidan qariyb uchtasini boy berdi, ayni vaqtda o‘ng va so‘l qanot populistlari sezilarli yutuqlarga erishdi", deya qayd etadi Bloomberg.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu natijalar Leyboristlar partiyasining oddiy a’zolari orasida siyosiy yo‘nalishni o‘zgartirishga chaqiriqlar kuchayishiga olib kelgan. Leyboristlardan bo‘lgan o‘ttizdan ortiq parlamentariy partiya yetakchisini almashtirishni talab qilgan.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!