Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari, jumladan Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yordam yetkazish logistikasini nishonga oluvchi ehtimoliy kiberhujum haqida ogohlantiruvchi tavsiya xatini e’lon qildi.
Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazining (NCSC) operasiyalar bo‘yicha direktori Pol Chichesterning so‘zlariga ko‘ra, bu hujumni Rossiya harbiy razvedkasi uyushtirmoqda.
"Ushbu kiberhujum Ukrainaga yordam yetkazib berayotgan tuzilmalar uchun jiddiy tahdid tug‘diradi", — deya fikr bildirdi Chichester.
Qayd etilishicha, kiberkampaniya NATO'ga a’zo ko‘plab davlatlardagi mudofaa, IT-xizmatlari, dengiz transporti, aeroportlar, portlar va havo harakatini boshqarish tizimlariga ham yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Rossiya Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazining mazkur xabariga izoh bermagan.