Uch nafar jinoyatchi tomonidan kaltaklanib, bo‘ynidan pichoq bilan yaralangan yuk mashinasi haydovchisi 30 km masofani bosib o‘tib, shifokorlarni chaqirishga muvaffaq bo‘lgan.
NTV xabariga ko‘ra, shahar chekkasidagi avtoturargohda uch noma’lum shaxs erkakdan yuk mashinasi bakidagi yoqilg‘ini ular bilan bo‘lishishni talab qilgan, shundan so‘ng unga bo‘ynidan pichoq bilan jarohat yetkazgan.
"Haydovchi furgaga o‘tirib, voqea joyidan jo‘nab ketgan. Yaralangan erkak 30 km masofani bosib o‘tib, eng yaqin yo‘l bo‘yidagi dam olish punktiga yetib bordi va u yerdan voqea haqida tez tibbiy yordam xizmatiga xabar berdi," - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.