Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl, skuter va moped kabi transport vositalarida harakatlanish cheklandi. YHXB tomonidan bu borada taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi.
Ta’kidlaganidek, avtotransport vositalari madaniy meros ob’ektlariga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, bu sayyohlar va mahalliy aholi xavfsizligiga tahdid soladi, deyiladi lavhada.
Shu sababli skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi BHMning uchdan bir qismi miqdorida (125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.