Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxorolik yigitni intim video bilan shantaj qilib, Gentra avtomobilini olib berishni talab qilgan qiz va uning sheriklari qo‘lga olindi

Buxorolik yigitni intim video bilan shantaj qilib, Gentra avtomobilini olib berishni talab qilgan qiz va uning sheriklari qo‘lga olindi

2019 yil 20 may kuni Buxoro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Buxoro shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Z.J. va uning sheriklari — Romitan tumanida istiqomat qiluvchi B.Q. va N.G‘. qo‘lga olindi.

Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, yigitlar Romitan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan SH.S.ni joriy yil aprel oyida u bilan jinsiy aloqa bo‘lganligini tasdiqlovchi videoyozuvlarni oilasiga ko‘rsatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Buning evaziga undan Lacett Gentra rusumli avtomashina olib berishi talab qilingan.

Ular jabrlanuvchini Buxoro shahridagi «Sitora-Avtosavdo» MCHJ filialida Z.J nomiga Lacetti Gentra sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirishga ko‘ndirib, mashina uchun 128.679.875 so‘m miqdordagi pullarni bankka topshirtirayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan shantajchilarga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Q va N.G‘.ga nisbatan garov, Z.J.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:37 30.05.2019. O'qildi: 3212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!