Kecha 23 may 21:15 larda Olot tumani “Jayhunobod” MFYda joylashgan MCHJga qarashli propan gaz quyish shoxobchasi hududida “KAMAZ” rusumli avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv avtoyekipajlari jalb qilinib, soat 21:19 da yetib borgan. Shuningdek, soat 21:40 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida hech qanday portlash sodir bo‘lmagan. Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ahvoli yaxshi bo‘lib shifokorlar nazoratida.
Yong‘inni kelib chiqish sababi yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayonni buzilishidan deb taxmin qilinmoqda.