Buxoroda o‘quv markazi binosida portlash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 4 yanvar kuni taxminan soat 00:52 larda Buxoro shaxar “Olim Xo‘jayev” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 50/3 uyning yerto‘lasida o‘quv markaz sifatida foydalanilayotgan binoning yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘lib, natijada yerto‘ladagi 3 dona eshik romlar joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan, binodan tashqaridagi yerto‘laning beton qoplamasi qulab tushgan.
Chaqnash natijasida jabrlangan va tan jaroxati olganlar yo‘q. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.