Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxorodagi yerto‘lada kayfu safo qilayotgan erkaklar qo‘lga olindi

Buxorodagi yerto‘lada kayfu safo qilayotgan erkaklar qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi, shahar va tuman ichki ishlar organlari hamda boshqa hamkor idoralar bilan birgalikda viloyat hududida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, egallash, tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni o‘tkazish, iste’mol qilishga jalb etish, ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoiy xatti-harakatlarga qarshi keskin kurashish borasida keng ko‘lamli tezkor hamda profilaktik tadbirlar amalga oshirmoqdalar. 

2020 yil 26 noyabr kuni soat 22:00 larda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining tungi xizmat faoliyati davomida, xizmatga jalb etilgan profilaktika inspektori tomonidan 1978 yilda tug‘ilgan Buxoro shahar Nosiriy ko‘chasida yashovchi A.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar Gazlishoh ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida bangixona tashkil qilib, ulfatlari N.A va U.A. larning plastik idishdan maxsus moslama yasab "marixuana" giyohvandlik vositasini iste’mol qilib turganlik holati aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan bangixona tashkil qilgan shaxs A.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-modda 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:19 01.12.2020. O'qildi: 4727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!