Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoroda YTH: 10 va 6 yoshli aka-ukalar vafot etdi

A A A
Buxoroda YTH: 10 va 6 yoshli aka-ukalar vafot etdi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida sodir bo‘lgan YTHda aka-ukalar vafot etdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari, kapitan Ulug‘bek Shukrullayev xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 31 avgust kuni Jondor tumanida yashovchi fuqaro J.I. 6 va 10 yoshli nevaralarini tuman markazida o‘tkaziladigan bayram tantanalariga olib borgan. Biroq ular YTHga uchragan.

HOWO rusumli yuk avtomashinasi M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining 281-kilometrida o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan Matiz’ga urilgan. Oqibatda Matiz orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 10 yoshli aka hamda uning 6 yoshli ukasi og‘ir tan jarohati olgan. Aka voqea joyida vafot etgan. O‘ta og‘ir tan jarohati olgan 6 yoshli uka esa shifoxonada vafot etgan.

«Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», — deydi Ulug‘bek Shukrullayev.

Kiritildi: 12:05 03.09.2022. O'qildi: 2479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!