Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda xotinini bolta bilan urgan erkak qilmishidan pushaymonligi sabab jazosi yengillashtirildi

Buxoroda xotinini bolta bilan urgan erkak qilmishidan pushaymonligi sabab jazosi yengillashtirildi

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 20:00 larda 1987 yil G‘ijduvon tumani, Oqrabot qishlog‘ida tug‘ilgan G‘ayrat (ismi o‘zgartirildi) uyida turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va metall dastali boltaning tig‘ qismi bilan rafiqasining bosh va orqa bel sohasiga qasddan urib, unga og‘ir shikast yetkazadi.

Sudning qora kursisiga o‘tirgach u qilmishiga pushaymon bo‘ldi. Oilani muqaddas bilgan jabrlanuvchi ayol turmush o‘rtog‘ini kechirdi, u bilan yarashdi, hatto da’vo ham qilmadi.

Shunday bo‘lsada, qonun barchaga barobar. Sud G‘ayratga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 7-qismi “j” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Biroq, sud jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, u qilmishiga pushaymonligini, jabrlanuvchi bilan yarashib, voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandlarni tarbiyalab kelayotganligini, oilada yagona boquvchiligini, qolaversa, uning qaramog‘ida qariya kasalmand onasi borligini, G‘ijduvon tumani “Oqrabot” mahalla fuqarolar yig‘inining kafolat xatini e’tiborga oldi.

Insonparvarlik tamoyillari asosidagi qonunlarimiz G‘ayratning joniga oro kirdi. Natijada, unga Jinoyat kodeksining 72-moddasini (shartli hukm qilish) qo‘llab, shartli hukm qilinib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

Kiritildi: 14:23 18.09.2024. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!