Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Buxoroda o‘lchash vositalaridan foydalanish bo‘yicha kamchiliklar aniqlandi

A A A
Buxoroda o‘lchash vositalaridan foydalanish bo‘yicha kamchiliklar aniqlandi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan xususiy klinikada o‘lchash vositalarining qonuniy holatini o‘rganishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Buxoro shahar “ABC” MCHJda o‘tkazilgan nazorat davomida klinikada mavjud 5 ta o‘lchash vositasi belgilangan metrologik ko‘rikdan o‘tmagani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etish joizki, bu kabi holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi talablariga zid bo‘lib, ushbu norma faqat tekshiruvdan o‘tgan o‘lchash vositalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

Izoh:
🔹 O‘lchash vositasi — bu o‘lchash ishlarida qo‘llaniladigan texnik jihoz bo‘lib, u muayyan metrologik talablarni bajara olishi lozim.
🔹 Metrologik tekshiruv — o‘lchash vositasining aniqlik, ishonchlilik va talabga muvofiqligini baholash jarayonidir.

⚖️ Aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha klinikaning rahbariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.

Kiritildi: 16:35 21.01.2026. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!