Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda “Sinepar” siropini ichish tufayli 23 nafar bola vafot etdimi?

A A A
Buxoroda “Sinepar” siropini ichish tufayli 23 nafar bola vafot etdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qiladi.

O‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan.

Shunga qaramay, vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmaslik zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Kiritildi: 15:56 25.01.2023. O'qildi: 2661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!