Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda saksovul o‘g‘rilari katta jarimaga tortildi

Buxoroda saksovul o‘g‘rilari katta jarimaga tortildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va hududiy bo‘limlari xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho‘l hududlaridan saksovul o‘simliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha 2 nafar fuqaroga 18 million 750 ming so‘m jarima belgilangan hamda tabiatga 6 million 195 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan (jami 24 million 945 ming so‘m). Olot tumanida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha esa fuqaro M.A. ga 9 million 375 ming so‘m jarima qo‘llanilgan hamda tabiatga 5 million 250 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan (jami 14 million 625 ming so‘m).

Xabarda aytilishicha, bu kabi reyd tadbirlari respublikaning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!