Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, Qorako‘l tumanida yashovchi uch nafar fuqaro taqiqlangan to‘rlar yordamida 342 dona zog‘ora baliq hamda Qizil kitobga kiritilgan 2 dona Turkiston moylovdori balig‘ini noqonuniy ovlagan.
Shuningdek, ularda 3 dona kulrang g‘oz tuxumi ham borligi aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar 717 mln so‘mni tashkil etgan.