Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda maktab direktori va uning o‘rinbosari aybi bilan 1-sinfning ikki o‘quvchisi vafot etdi

Buxoroda maktab direktori va uning o‘rinbosari aybi bilan 1-sinfning ikki o‘quvchisi vafot etdi

Kogon tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining direktori Botir Topilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) va uning o‘rinbosari Olim Shirinovning mas’uliyatsizligi va sovuqqonligi oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, B.Topilov mansab vakolatidan foydalanib, tanishi Tur­g‘un Soqiyevga tegishli, metall­dan yasalgan savdo do‘konini maktab oldiga o‘rnatishga ruxsat beradi. Boisi, direktor do‘kon egasidan oyma-oy pul olib turishni maqsad qilgan edi. U hatto yurtimizdagi sohaga oid qonun va hujjatlarga zid ravishda T.Soqiyev bilan ijara shart­nomasi ham rasmiylashtiradi. Shundan so‘ng do‘kon egasi elektr tarmog‘iga ulanib, faoliyat yuritishni boshlaydi. Fojiaga aynan do‘konga tortilgan elektr simi sabab bo‘ldi.

B.Topilov xo‘jalik ishlari bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosari O.Shirinov bilan birga, do‘konga tortilgan elektrdan noqonuniy foydalanishni odat qiladi. Maktab hududida bo‘ladigan payvandlash va boshqa elektr energiyasi zarur bo‘ladigan ishlar uchun do‘konga tortilgan elektr simidan foydalaniladi. O‘sha safar ham maktab rahbarlari elektr simiga ulanib, undan qonunga xilof ravishda foydalanishdi. Keyin esa mas’uliyatsizlik qilib, simni tarmoqdan uzishni unutishdi.

Qarovsiz qoldirilgan elektr simi savdo do‘konining metall korpusiga tegishi natijasida korpusda elektr toki hosil bo‘ladi. Ushbu do‘kon yonida o‘ynab yurgan 1-sinf o‘quvchilari S.Norov va J.Ahadov bexosdan do‘kon korpusini ushlab olishadi. Oqibatda ularni elektr toki uradi.

Ikki o‘quvchining elektr toki urishi natijasida vafot etganliklari holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda maktab direktori guvohlarni haqiqiy holatni yashirgan holda ko‘rsatma berishga majbur qiladi. Qing‘ir ish fosh bo‘lmasdan qolmadi. Tergov jarayonida B.Topilovning qilmishlariga oydinlik kiritildi. Uning mas’uliyatsizlik qilib, ikki o‘quvchining o‘limiga sababchi bo‘l­ganini tan olish­dan boshqa chorasi qolmadi.

Kogon tumar Prokurorining o‘rinbosari Sodiqjon Jo‘rayevning bergan xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi hukmi bilan B.Topilov hamda uning o‘rinbosari O.Shirinovga tegishli  jazo tayinlandi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 14:19 17.11.2018. O'qildi: 3749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!