Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda Romitan tumani Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda lisenziyasiz zargarlik buyumlarini savdoga chiqarish bilan bog‘liq yana bir holatga chek qo‘yildi. Unda fuqaro M.S. shartli xaridorga 2 million so‘m evaziga qo‘lbola usulda tayyorlangan bitta tilla uzukni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Bundan tashqari mazkur shaxsga tegishli bo‘lgan zargarlik buyumlari sotiladigan savdo rastasi ko‘zdan kechirilganida, qo‘lbola usulda tayyorlangan yana 42 dona, og‘irligi 132 gramm bo‘lgan tilla taqinchoqlar sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Umumiy qiymati 188 million so‘m deb baholanayotgan zargarlik buyumlari huquqiy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.