Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda jinsiy aloqa jarayonini video tasvirga olib, evaziga tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Buxoroda jinsiy aloqa jarayonini video tasvirga olib, evaziga tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan ayol qo‘lga olindi

Romitan tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan ayol va shu tumanda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan erkak yashirincha ishqiy munosabat qurishadi.

Ammo, ayolning asli niyati boshqa edi. Erkak bilan birgalikda yashirincha qilgan jinsiy aloqa jarayonini shaxsiy telefoniga video tasvirga olib, ushbu video tasvirni erkakning oila a’zolariga ko‘rsatish hamda turmush o‘rtog‘idan ajratib yuborish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qiladi. Lekin uning o‘ylagani amalga oshmadi.

2022 yil 17 noyabr kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu tovlamachi ayol Buxoro tumani F.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:23 23.11.2022. O'qildi: 9481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!