Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda "ishqiy munosabatlar"ni 300 000 so‘mga narxlagan erkakka hukm o‘qildi

Buxoroda "ishqiy munosabatlar"ni 300 000 so‘mga narxlagan erkakka hukm o‘qildi

Jondor tumanida yashovchi M. S. jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yib, tovlamachilik jinoyatini sodir qilgan.

2020 yil 15 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda Jondor tuman «Aleli» mahalla fuqarolar yig‘ini «Aleli» qishlog‘ida yashovchi fuqaro S. YA. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli 80 X 591 LA davlat raqamli avtomashinasida tuman markazi hududida A. ismli ayolni avtomashinasiga mindirgan. So‘ng Jondor tuman «Oyto‘g‘di» mahalla fuqarolar yig‘ini «Oyto‘g‘di» qishlog‘i chekkasiga borib, mashinasini to‘xtatgan. U mashinasining orqa o‘rindig‘ida A. bilan gaplashib turganida, Jondor tuman «Oyto‘g‘di» mahalla fuqarolar yig‘ini «Oyto‘g‘di» qishlog‘ida yashovchi fuqaro M. S. o‘ziga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG” rusumli uyali qo‘l telefoniga ularni videotasvirga olib, S. YA.ga uning ishqiy munosabatlarini qo‘l telefoni yordamida videotasvirga olganligini aytadi. So‘ng fuqarolik pasportini olib qo‘yib, tovlamachilik yo‘li bilan ushbu videotasvirni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitib, undan 300.000 so‘m pul talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Jondor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2020 yil 15 yanvar kuni taxminan soat 18:10larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jondor tuman «Oyto‘g‘di» mahalla fuqarolar yig‘ini «Oyto‘g‘di» qishlog‘i hududida M. S. fuqaro S. YA. dan kimyoviy ishlov berilgan 200.000 so‘m pullarni olib, uning fuqarolik pasportini qaytarib bergan vaqtda ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan M. S. Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan shu modda bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 1 (bir) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.

 

Baxrillo JABBOROV, 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi raisi

Kiritildi: 13:00 30.06.2020. O'qildi: 5538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!