Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda ishga kiritib qo‘yishni va’da berib firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda ishga kiritib qo‘yishni va’da berib firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyati IIB JQB xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, Shofirkon tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Q.A. viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali fuqaro M.M. ni oilaviy poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilib, evaziga undan 600 AQSh dollarni firibgarlik yo‘li bilan talab qilgan va Buxoro shahar 5-kichik nohiyasi hududida joylashgan «Korzinka» savdo majmuasi oldida kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Q.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:53 31.07.2022. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!