Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda ishchilar rahbarni qo‘rqitib, 30 000 AQSh dollari talab qildi

Buxoroda ishchilar rahbarni qo‘rqitib, 30 000 AQSh dollari talab qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “K.” AJ ishchilari SH.SH., B.A. va O.X.lar oldindan til biriktirib, jamiyat direktori va bosh hisobchisini go‘yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilib, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etganligi aks etgan video yozuvlarni internet tarmoqlarida tarqatish va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitib, ushbu harakatlarini amalga oshirmaslik evaziga ulardan tovlamachilik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilishib, kimyoviy ishlov berilgan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan SH.SH., B.A. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:52 05.02.2021. O'qildi: 3230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!