Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda haydovchining mashinasidan yo‘q aybni topgan yo‘l inspektoriga intizomiy chora ko‘rildi (video)

Buxoroda haydovchining mashinasidan yo‘q aybni topgan yo‘l inspektoriga intizomiy chora ko‘rildi (video)

Buxoroda haydovchi SH.O. va yo‘l inspektori Z.S. o‘rtasida yuz bergan ziddiyat tasvirlangan video Daryo ga kelib tushdi. Unda inspektor SH.O.ga tegishli Jiguli mashinasining tormoz pedalini bosganda, stop ( to‘xtash ) belgisini ko‘rsatuvchi orqa yorituv chiroqlari yonmayotgani uchun haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzishga urinayotgani, haydovchi esa chiroqlar ishlayotganini isbotlashga urinayotgani tasvirlangan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, YHXB xodimi Z.S. mashinaga o‘tirib, tormozni bosgan vaqtda haydovchi mashina orqasida chiroq yongan-yonmaganligini kuzatib turgan: chiroqlar yonmagan. Inspektor haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzishga kirishgan. SH.O.ning qizchasi tormoz pedalini bosganda to‘xtash chirog‘i ishlab turgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng haydovchi inspektor ataylab boshqa pedal ( ssepleniye )ni bosganligini gumon qiladi. Keyin inspektor haydovchining qoidabuzarligi yozilmagan qog‘ozga uning imzosini qo‘ydirib olishga uringan. Haydovchi bayonnomaning qoidabuzarlik qismi yoziladigan joyini o‘zi to‘ldirishini aytganda, inspektor ruchkani berishdan bosh torgan.

Yana bir yo‘l inspektori T.D. vaziyatga aralashib, Z.S.ga 12 yoshga to‘lmagan bola rulda o‘tirgani uchun bayonnoma tuzish kerakligini o‘rgatadi. Haydovchi qiziga mashinani haydashga bermagani, stop chirog‘i ishlayotgan yoki ishlamayotganini tekshirish uchun to‘xtab turgan mashina ruliga o‘tqazib, tormoz pedalini bosishni so‘raganini tushuntirishga harakat qilgan. T.D. sherigi Z.S. ham hodisani tasvirga olishi kerakligini o‘rgatadi.

Buxoro shahri ko‘chasida sodir etilgan ushbu holat yuzasidan Daryo muxbiri Buxoro viloyati IIB YHXBga murojaat etdi.

Mazkur holat bo‘yicha inspektor Z.S. haqiqatan ham o‘z xizmat vazifasiga tajribasizlarcha yondashgan. Bu borada belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borildi va uning xatti-harakatlariga nisbatan intizomiy chora belgilandi. Unga hayfsan berildi. Holatga befarq qaragani uchun ikkinchi inspektorga ham xuddi shunday intizomiy chora qo‘llanildi , dedi viloyat IIB YHXB axborot dispetcherlik xizmati bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Shukurlayev.

Ulug‘bek Shukrullayevning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi holatlarga boshqa yo‘l qo‘ymaslik uchun bugun, 14 martdan boshlab yo‘l inspektorlari o‘rtasida o‘quv seminarlari boshlanadi.

Kiritildi: 13:43 14.03.2019. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!