Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “B.R.” avtomaktab o‘qituvchisi B.H. hamda “Vatanparvar” tashkilotining Vobkent tuman bo‘limi o‘qituvchi-mexanigi J.S. fuqaro A.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishlari evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:06 06.12.2022. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!