Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda butalarni sindirgan fuqaro salkam 9,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoroda butalarni sindirgan fuqaro salkam 9,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoro viloyati Jondor tumanida saksovul butalarini sindirgan fuqaroga jarima qo‘llanildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho‘l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Jondor tumani “Qozikenti” MFYda yashovchi fuqaro Y.N. tuman o‘rmon fondi yerlaridan tabiiy holatda o‘sgan saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan 9 452 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar qo‘llanildi.

Jondor tuman bo‘limi tomonidan avgust oyida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 31 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 24 140 000 so‘m jarima hamda tabiatga zarar hisoblandi.

Kiritildi: 09:53 05.09.2024. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!