Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yilning 28 may kuni soat 04:00 larda Shofirkon tumani “Denov” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.SH. ismli shaxs mahalladoshlari 2001 yilda tug‘ilgan S.S., 1993 yilda tug‘ilgan O.I. hamda 1979 yilda tug‘ilgan U.H. lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib shu mahallaning Denov qishlog‘ida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan X.O.ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda devordan oshib tushib kirib, xonadon ayvonida noqonuniy ravishda tarkibida tilla zarralari bo‘lgan tuproqni yuvish bilan shug‘ullanayotgan, ishchi bo‘lib yollangan 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan N.SH. ga hujum qilib, uning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qasddan urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra yengil shikast yetkazib, bahosi taxminan 10.000.000 so‘mlik yarim tayyor holatdagi tilla zarralarini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIBga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan tezkor texnik hamda surishtiruv harakatlari davomida bosqinchilik qilgan jinoiy guruh a’zolarining barchasi qo‘lga olinib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.