2026 yil 1 fevraldan Buxoro shahrida ayrim avtobus yo‘nalishlarida yo‘lkira haqi faqat naqd pulsiz tarzda qabul qilinadi. 1 apreldan esa barcha yo‘nalishlarda to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Shaharda avtobus bekatlariga elektron chipta sotish infokiosklari o‘rnatiladi, barcha avtobuslar validatorlar bilan jihozlanadi. To‘lovlar ATTO tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yo‘lkira: naqdsiz to‘lovda — 2 000 so‘m, oddiy tarif — 3 000 so‘m.