Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 46 mln so‘mga fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Buxoroda 46 mln so‘mga fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar M.H. va M.J. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ularni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi institutga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirtirib berishi evaziga jami 46 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Shuningdek, M.J. ning ushbu pullar hisobidan 17 mln so‘mini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:38 04.04.2024. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!