Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Buxoro viloyatiga 12 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi

A A A
Buxoro viloyatiga 12 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi

Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Miramax turist trans» MCHJ tomonidan Xitoy davlatidan 12 dona «YUTONG» avtobuslari xarid qilindi.

Mazkur avtobuslar tez orada Buxoro shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda jami 72 dona avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Kiritildi: 21:05 20.08.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!