Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Gala Osiyo shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “S. R. R.” YTTga qarashli nonvoyxonaning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 530 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:28 17.06.2025. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!