Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoro viloyati hokimi nega Toshkentda davolanmoqda?

Buxoro viloyati hokimi nega Toshkentda davolanmoqda?

Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha,  Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda joriy yilning 25 iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. 

Shu kundan boshlab viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olishni boshlagan. (Agar Karim Kamolov mahalliy shifokorlar va shifoxonalarga ishonchi bo‘lmaganida o‘sha zahotiyoq poytaxtga borgan bo‘lardi). 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi Tibbiyot Bosh boshqarmasi ro‘yxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida. Shunga muvofiq, ushbu Tibbiyot Bosh boshqarmasining talabiga ko‘ra Karim Kamolov 29 iyul kuni davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazildi. 

Viloyat hokimi o‘tgan 3 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda. 

Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi.  
 

Kiritildi: 11:11 01.08.2020. O'qildi: 4397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!