«Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida» viloyat hokimining qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan Buxoro va Kogon shaharlarida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti (avtobus va yo‘nalishli taksi)larda yo‘lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘l kira haqi) 2000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.