Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.N.” oilaviy korxonasi rahbari F.G. hududiy tijorat banki filialining sobiq mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, korxonaga 2019 yilda ajratilgan kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mehmonxona binosini qayta garovga qo‘yib, sun’iy ravishda qimmat narxda baholatib, qo‘shimcha bino qurish uchun yana 900 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, bank filialining jami 1,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.