Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buxoro shahri va Qorovulbozor tumanida 585,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJlar aniqlandi

A A A
Buxoro shahri va Qorovulbozor tumanida 585,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “B.B.” MCHJ rahbari B.I. va boshqalar Sanoatchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etishda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qorovulbozor tuman bo‘limi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “H.A.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro SH.H. suv resurslarini ko‘p talab qiladigan maydondagi ekinlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich sxemasini o‘zgartirib, jami 152 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:06 20.07.2024. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!