Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi buzilayotgani, o‘qituvchi va o‘quvchilar hech qanday sharoiti yo‘q binoga ko‘chirilgani aytildi

A A A
Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi buzilayotgani, o‘qituvchi va o‘quvchilar hech qanday sharoiti yo‘q binoga ko‘chirilgani aytildi

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binosi buzilayotgani, o‘qituvchi va o‘quvchilar hech qanday sharoiti yo‘q binoga ko‘chirilgani bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining Buxoro shahar, Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi 1-uyda joylashgan binosi mazkur hudud Buxoro shahar turizm markaziga aylantirilayotgani munosabati bilan buziladigan binolar ro‘yxatiga kiritilgan. Viloyat hokimligi bu borada vazirlikni ogohlantirgan, maktab vaqtincha Buxoro shahar kasb-hunar maktabining yotoqxonasi va o‘quv binosining 2 ta qavatida faoliyat olib borishi belgilangan.

Nafaqat ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, balki shu hududda joylashgan bir qator davlat idora va tashkilotlari ham boshqa hududlarga ko‘chirilgan.

Kelgusida Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi uchun zamon talablariga mos yangi o‘quv binolari, yotoqxona hamda konsert zali qurib berilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda mazkur masala mutasaddi rahbarlar nazoratida bo‘lib, mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Ma’lumot uchun: Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 16 ta yo‘nalishda 393 nafar o‘quvchiga 205 nafar pedagog xodim madaniyat, musiqa va san’at sohasidan ta’lim berib kelishmoqda.

Kiritildi: 17:00 29.02.2024. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!