Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Butun O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

Butun O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

Bir vaqtning o‘zida respublikaning barcha viloyatlarida qor yog‘ish hodisalari bu kamdan kam kuzatiladigan hodisa.

Ertaga ya’ni 3 mart kuni biz shunday vaziyatga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Vodiy markazida avvaliga yomg‘ir, keyin qor yog‘ishini taxmin qilish mumkin. Boshqa xududlarda esa yog‘inlar boshlanishidayoq qor bilan kuzatilsa kerak.

Farg‘ona vodiysi janubi-g‘arbi ya’ni Farg‘ona viloyati g‘arbiy tumanlarida avvalroq esgan kuchli frontal shamollar sabab, bu safar ham yog‘ingarchilik hodisalari kuzatilmasligi ehtimoli yuqori.

"O‘zgidromet" ham 3 mart kuni respublikaning barcha viloyatlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Kiritildi: 22:44 02.03.2025. O'qildi: 1507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!