Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6 iyul soat 16:38 da Bo‘stonliq tumani «Qoranko‘l» MFY qir-adirligida quruq o‘t (shox-shabba) yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:00 da yetib borgan. Yong‘in hududi kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun «Burchmulla» o‘rmon xo‘jaligidan ham yong‘in o‘chirish ishlariga xodimlar jalb qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oradan salkam ikki soat o‘tib, 18:50 da qurshab olingan va soat 19:16 da o‘chirilgan.
«Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q», - deyiladi xabarda.