Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bo‘stonliqda qalbaki pullarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bo‘stonliqda qalbaki pullarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M. A. va YU.M. foydalanuvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtotrasport vositasi saloni ko‘zdan kechirilganda, 52 dona 100 ming so‘mlik, 19 dona 50 ming so‘mlik va 11 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:05 27.09.2022. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!