Sudga qaror bilan, 33 yoshli (M.SH.)ga nisbatan MJtKning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi.
Shuningdek, 30 yoshli (A.A.)ga nisbatan MJtKning 220(1)-moddasi (Qurolning qonuniga xilof muomalasi) bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun qonunchilikda javobgarlik muqarrar. Ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bu kabi harakatlar takrorlansa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.