Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bo‘rsiq ini ombor qurilishiga to‘sqinlik qildi: Niderlandiyada harbiy loyiha to‘xtatildi

Bo‘rsiq ini ombor qurilishiga to‘sqinlik qildi: Niderlandiyada harbiy loyiha to‘xtatildi

Niderlandiya hukumati qurilish maydonida bo‘rsiq ini topilgani sababli Stapxorstdagi o‘q-dorilar omborini kengaytirish rejalarini to‘xtatdi.

Bu haqda RTV Oost mintaqaviy teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.

"Mudofaa vazirligi Stapxorstda e’lon qilingan o‘q-dorilar omborini kengaytirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Qurilish birinchi navbatda bo‘rsiqlarning qo‘riqlanadigan makoni topilgan tabiiy hududga ta’sir qiladi," - deyiladi materialda.

Aniqlik kiritilishicha, hayvonlar himoyaga olingan va ularning inlarini ruxsasiz buzish yoki boshqa joyga ko‘chirish taqiqlangan. Mudofaa vazirligi loyihani o‘zgartirishi yoki hayvonlarni ko‘chirishga ruxsat olishi kerak bo‘ladi.

- Bo‘rsiqlar uchun nimadir o‘ylab topishlari kerak. Masalan, ularni tutib olib, boshqa joyga ko‘chirish yoki sun’iy boshpana yaratish," - deb yozadi RTV Oost.

Kiritildi: 16:25 29.05.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!