Mersisayd derbisining yangi sanasi ma’lum qilindi.
12 fevral kuni APLning 15-turi doirasidagi «Everton» — «Liverpul» bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘yin «Gudison Park»da o‘tkaziladi va Toshkent vaqti bilan 13 fevralga o‘tganda — soat 00:30da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, aslida o‘yin 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Darrag bo‘roni tufayli qoldirilgandi.
«Liverpul» APL turnir jadvalida 19-turdan keyin 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Everton» esa 17 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.